RU UZ

Ilovadagi yangilanishlar

PIN-kod yaratish bo‘yicha foydali tavsiyalar
Ma'lumot
Ma'lumot

PIN-kod yaratish bo‘yicha foydali tavsiyalar

Bankda biriktiriladigan an’anaviy PIN-kodlar sizning kartangizdagi mablag‘lar yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kartani tasodifan do‘konda unutib qoldirsangiz, har qanday kassir sizning e’tiborsizligingizdan foydalanishi mumkin.
Aynan shuning uchun bugun biz siz uchun oson, firibgarlar uchun esa murakkab PIN-kod yaratish bo‘yicha foydali tavsiyalar bilan bo‘lishmoqchimiz.

Avval qaysi raqamlar kombinatsiyasi muvaffaqiyatsiz ekanligini aniqlab olsak:
1. To‘rtta bir xil raqamlar yoki ketma-ket raqamlar. Masalan, an’anaviy parollar 1111, 0000 yoki 1234, 9876;
2. Tug‘ilgan kun va oyingiz yoki yilingiz. Bir necha daqiqada aniqlash mumkin bo‘lgan standart kombinatsiya;
3. Telefon raqamingizdagi raqamlar. Bular turli ma’lumotlar bazalaridan olish mumkin bo‘lgan yoki sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan xabardor firibgarlar birinchi terib ko‘radigan PIN-kodlardir.

Keling endi har qanday vaziyatda sizga maksimal xavfsizlikni ta’minlashi mumkin bo‘lgan PIN-kodlarni yaratish usullarini ko‘rib chiqamiz:
1. Raqam-harf usuli. 1. Raqam-harf usuli. Masalan, sizning Graf laqabli itingiz bor. Agar ushbu so‘zni telefonning raqamli klaviaturasida topsangiz sizda ushbu raqam shakllanadi: 4723;
2. Kontakt raqamday PIN-kod. Telefoningizdagi kontaktlaringizdan birini muhim axborot qo‘riqchisiga aylantiring. Tanishingiz raqamining bir nechta raqamlari parol uchun ishonchli manba bo‘lishi mumkin.
3. Tarixiy sanalar usuli. Bu usul tarixni va ramziy voqealarni sevuvchilar uchun mos keladi. Masalan, esingizda bo‘lsa, Amir Temur 1336- yilda tug‘ilgan — mana sizga tayyor PIN-kod. Bundan tashqari, yodingizdan chiqib qolsa, Amir Temur shaxsidagi yorqin xotiralar tezda parolni eslashingizga yordam beradi.
4. Son qo‘shish usuli. Ishonchli PIN-kodlarni birini yaratishni bir turi. Misol uchun, siz 1996-yilda tug‘ilgansiz. Har bir raqamga 3 sonini qo‘shing va o‘shanda umuman hayolga kelmagan raqam 4229 paydo bo‘ladi. Asosiysi — o‘zingizning raqamli o‘zgartirish algoritmingizni hech kim bilan bo‘lishmang.

O‘zingiz va yaqinlaringizga bank kartasi uchun PIN-kodni tanlashga jiddiy yondashishga yordam bering. Biz esa o‘z navbatida har kun va soatda sizning moliyaviy operatsiyalaringiz xavfsizligi himoyasida turamiz.

Array
(
    [0] => Array
        (
            [TITLE] => Multicard
            [LINK] => /uz/
        )

    [1] => Array
        (
            [TITLE] => Kompaniya haqida
            [LINK] => /uz/about/
        )

    [2] => Array
        (
            [TITLE] => Yangiliklar
            [LINK] => /uz/about/news/
        )

    [3] => Array
        (
            [TITLE] => PIN-kod yaratish bo‘yicha foydali tavsiyalar
            [LINK] => 
        )

)